Diageo, Pernod Ricard, Campari, Brown Forman va Rémy Cointreau kabi dunyoning yetakchi alkogol ishlab chiqaruvchilari sotilmagan zaxiralari tufayli o‘z mahsulotlari narxlarini tushirishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda Financial Times yozgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning beshta yirik ishlab chiqaruvchisida talab bo‘lmagan alkogolli ichimliklar zaxirasi miqdori 10 yildan ortiq vaqt ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetib, puldagi qiymati 22 milliard dollarga baholangan.
Bunga alkogol ishlab chiqaruvchilarining koronavirus pandemiyasidan keyin ishlab chiqarishni keskin oshirishga e’tibor qaratgani asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Biroq 2020-yillar boshidagi iste’molning zo‘r o‘sishi ortidan kuchliroq va qimmat alkogolli ichimliklarga talab pasaygan.