Qashqadaryo gazetasi Jamiyat Amir Temurning Xorazmda hibs etilgan elçisi
Jamiyat

Amir Temurning Xorazmda hibs etilgan elçisi

Qaşqadaryoga oid

Nasafiy va Keşiy allomalar orasida Mavlono Jaloliddin Xolidiy Keşiy alohida örniga ega. U Amir Sayid Kulolning şogirdi bölib, Amir Temur bu şaxsning bilimi va obröyidan mamlakatda tinçlik va osoyiştalikni ta’minlaşda foydalangan. Mavjud nizolarni bartaraf etiş maqsadida ba’zi mamlakatlarga elçi qilib jönatgan.

Şarafuddin Ali Yazdiy ta’biri bilan aytganda, ilm va taqvosining yetukligi, dars va fatvosining fazilati bilan tanilgan bu zot Xorazm voliysi Husayn Söfi huzuriga elçi qilib yuborilgani ham ma’lum. Bu haqda Yazdiy yana şunday yozadi: «Mavlono Jaloliddin Keşiy xayrixohlik yuzini Xorazm tomon qaratdi va bu muhim (vazifa)ni rahm-şafqat yöli bilan hal etmoqçi böldi. U yerga borgaç, donişmand ulamo va dinparvar peşvolarga xos bölgan nasihat va xuşmuomalalik bilan söz qotdi, nizoni tubdan bartaraf etiş va fitna olovini öçiriş uçun oyatlar va isbotiga hadislar keltirdi».

Ammo Husayn Söfi bu oqilona sözlarga quloq tutmaydi va elçini qamab qöyadi. Bundan xabar topgan Amir Temur tezda Husayn Söfiga maktub yöllaydi. Uning matniga quyidagi şye’riy törtlik ham ilova qilingan edi:

Podşohlar udumiyu yaxşilar işi,

Nahot şuni bilmas  ul zukko kişi.

Elçiga ölim yöq, qamab ham bölmas,

Buni inkor qilgan xiradmand emas.

Husayn Söfi bu maktubni olgaç, Mavlono Abdulloh Keşiyni ozod qilib, öz yurtiga jönatişga majbur böladi.

Örta Osiyoda keng tarqalgan «Çahor kitob» darsligining 2-qismi «Bidon», ya’ni «Örgan», «Bil» deb nomlangan. Savol-javoblar şaklida bitilgan va islom ruknlari hamda unga boğliq masalalar haqidagi bu asarni Mavlono Abdulloh Keşiy yozgan degan taxminlar bor. 1913-yilda Toşkentda bosilgan «Çahor kitobi turkiy» darsligining söngsözida şu haqda ma’lumot keltirilgan.

Exit mobile version