Qashqadaryo gazetasi Olam Aslida yo‘q saratonga qarshi 7 yillik muolaja
Olam

Aslida yo‘q saratonga qarshi 7 yillik muolaja

Buyuk Britaniyada yetti yil davomida saratonga qarshi muolaja olib kelgan erkak aslida umuman ushbu kasallikka chalinmagan ekan. Bu haqda BBC News xabar tarqatgan.

2018-yilda Naniton shahridagi Jorj Eliot shifoxonasi shifokorlari tomonidan Saymon Pirsonga noto‘g‘ri tashxis qo‘yilgan. Ya’ni unda kelajakda o‘g‘illariga ham o‘tishi mumkin bo‘lgan noyob qon saratoni borligi aytilgan. O‘tgan yillar davomida u o‘nlab muolajalarni boshdan kechirib, 2025-yilda tashxis xato ekanini bilgan.

«Nima bo‘lganini to‘liq anglay olmadim va menda juda ko‘p savollar tug‘ildi. Ishonmadim, buning yarmi quvonch, yarmi esa hayrat edi», deb eslaydi u.

 Shifoxona ma’muriyati mijozi oilasidan uzr so‘ragan. Saymon Pirson esa ular noto‘g‘ri tashxis bilan nafaqat o‘ziga noqulaylik tug‘dirgani, balki azob-uqubat ham yetkazganini anglab yetgan bo‘lishlariga va kelajakda shunga o‘xshash holatlarga yo‘l qo‘ymasliklariga umid bildirgan.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari britaniyalikka «arzimas uzr»lar uchun  ortga chekinmasdan, sudga murojaat qilishni tavsiya qilishgan.

Exit mobile version