Qashqadaryo gazetasi Olam Avtosayohatchi yo‘lda xotinini unutib qoldirdi
Olam

Avtosayohatchi yo‘lda xotinini unutib qoldirdi

Fransiyada 62 yoshli erkak avtosayohat davomida avtostrada bo‘ylab to‘xtagan nuqtalaridan birida xotinini unutib qoldirdi va oradan bir necha soat o‘tgach, uning mashinada yo‘qligini bilib qoldi. Ularning avtomobilda bo‘lgan 22 yoshli qizi ham salonda onasi yo‘qligini darrov payqamagan. Bu haqda France 3 manbasi xabar tarqatgan.

Landi departamenti jandarmeriyasining ma’lum qilishicha, ularga avtohavaskor murojaat etgan: erkak xotinini shossedagi dam olish joylaridan birida unutib qoldirganini tan olgan,  biroq aynan qayerdaligini eslolmagan. U huquq-tartibot xodimlaridan qidirishda yordam so‘ragan. Ayolning turgan joyini aniqlash uchun bir necha soat talab etilgan. U eri va qizi uning mashinada yo‘qligini payqashgan joydan 300 kilometr narida – De-Sevr departamenti hududida hamrohlari qaytishini kutayotgan bo‘lgan.

Politsiya voqea tafsilotlarini o‘rganar ekan, hammasi tunda ro‘y bergani aniqlangan. Turli nuqtalardagi yonilg‘i quyish shoxobchalari kameralari sayohatchilar yo‘lda juda ko‘p to‘xtashgani va ulardan birida hamrohlarini unutib qoldirganliklarini ko‘rsatgan. Ayolning qizi esa tun bo‘yi uxlagani bois yonida onasi yo‘qligini darrov sezmagan.

Exit mobile version