Qashqadaryo gazetasi Olam Bahosi eng ko‘p oshgan va tushgan mahsulotlar ma’lum bo‘ldi
Olam

Bahosi eng ko‘p oshgan va tushgan mahsulotlar ma’lum bo‘ldi

Kobalt oktabr oyida narxi eng ko‘p ko‘tarilgan tovar bo‘ldi. ICE Futures qit’alararo birjasi, Chikago va Nyu-York birjalarini birlashtirgan CME Group va Shanxay metallar birjasi ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda.

Po‘lat ishlab chiqarishda foydalaniladigan ushbu kimyoviy element bahosi o‘tgan oyda 28,5 foizga qimmatlagan. Shuningdek, palladiy (+15,8 foiz) va litiy (+9,5 foiz) ham narxi sezilarli darajada oshgan metallar ro‘yxatiga kirgan.

AQShda energiya tovarlari o‘rtasida gaz (+19,4 foiz), dizel yonilg‘isi (+7,6 foiz) va mazut yoqilg‘isi  (+6,9 foiz) bahosining o‘sishi bo‘yicha yetakchi bo‘lgan. 

Qishloq xo‘jaligi sohasida soya (+8,2 foiz), robusta (+7,3 foiz) va arabika (+3,8 foiz) navli kofe eng ko‘p qimmatlagan tovarlarga aylangan.

Apelsin sharbati oktabrda qiymati eng ko‘p (-23,3 foiz) pasaygan mahsulot bo‘lgan.

Exit mobile version