Michigan universiteti (AQSH) olimlari nima nikoh mustahkamligiga xizmat qilishini aniqlashdi: asosiy omil – bir-birini doimiy va ishonchli qo‘llab-quvvatlash. Tadqiqot natijalarini Journal of Elder Policy jurnali chop etgan.
Turmush o‘rtog‘ini asosiy kuch manbai sifatida qabul qiladigan ish ishtirokchilari o‘z nikohlarini tinch, iliqlikka to‘la va ishonchli deya tasvirlashgan. Er-xotinlar og‘ir paytlarda – masalan, bemorlik yoki moliyaviy qiyinchiliklar vaqtida bir-birlariga yordam berishi juda muhim ekan.
Shuningdek, tadqiqotchilar nikohdagilarning ilm darajasi va daromadi qanchalik yuqori bo‘lsa, oilada o‘zaro qo‘llab-quvvatlash shunchalik ko‘proq bo‘lishini qayd etishgan. Nikoh qancha uzoq davom etsa, unda salbiy holatlar shuncha kam bo‘lishi aytiladi.
Mualliflarning ta’kidlashlaricha, ularning ish xulosalari ilgari ko‘pincha faqat muammo nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgan nikoh munosabatlarining to‘liq va haqiqiy tasvirini beradi.