Turkiya fuqarosi ajrimga undagani va xotiniga xiyonat qilgani uchun sud tomonidan jazolandi. Bu haqda Habertürk telekanali xabar tarqatgan.
Qaysari shahridan bo‘lgan juftlik, ayolning so‘zlariga ko‘ra, o‘zini xo‘rlagani, pul bermagani va ijtimoiy tarmoqlarda begona qizlar suratlariga layk bosgani uchun ajrashgan.
Bularning barchasini o‘ziga nisbatan xiyonat sifatida baholagan xotin sudga murojaat qilgan. Turkiya Oliy sudi ajrimda erkakni aybdor deb topib, uning zimmasiga xotini foydasiga katta miqdorda tovon to‘lash majburiyatini yuklagan. Izoh berilishicha, bunday qaror boshqalar uchun o‘rnak bo‘ladi.
«Oliy sud Qaysari sudi qarorini tasdiqladi va ajrimga erkak aybdor degan to‘xtamga keldi. Endi u sobiq xotiniga 500 ming lira (qariyb 141 million so‘m)ni tovon puli sifatida va har oyda 5 ming liradan (1 million 400 ming so‘mdan ortiq) aliment ko‘rinishida to‘lashi kerak», deyiladi xabarda.