Hindistonda texnologiya kompaniyalaridan birining xodimi ishchi yig‘ilish chog‘ida direktor baqirish va jazavaga tushishni boshlagach, vahima xuruji tutib, shifoxonaga yotqizildi, deya ma’lum qilgan The Indian Express nashri.
Voqea IT-kompaniyaning ofisida o‘tgan haftalik guruh yig‘ilishi vaqtida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, top-menedjer kutilmaganda ovozini balandlatib, xodimlarga baqirishni boshlagan. Ularga qarata qog‘ozlarni uloqtirib, ish unumdorligini pasaytirib yuborganlikda ayblagan.
Yig‘ilish ishtirokchilaridan biri bo‘lgan 28 yoshli Amit stressli vaziyatga chiday olmay, sog‘lig‘i keskin yomonlashganini his qilgan: unda bosh aylanishi, nafas qisishi va ko‘krak sohasida og‘riq boshlangan. Hamkasblari tez tibbiy yordam chaqirtirib, uni eng yaqin shifoxonaga olib borishgan. Shifoxonada bemorga o‘tkir vahima xuruji va vaqtinchalik arterial qon bosimi oshishi tashxisi quyilgan.
Shifokorlarning qayd etishicha, bemorda avval yurak kasalliklari kuzatilmagan, biroq kuchli hissiy iztirob inqiroz rivojlanishi uchun turtki bo‘lgan.
Kompaniya holat yuzasidan hali rasmiy izoh bermagan. Biroq ofisdagi manba direktor allaqachon bo‘lib o‘tgan voqea uchun jamoadan o‘z uzrini so‘raganini ma’lum qilgan.