Qashqadaryo gazetasi Olam Biz har bir odamni turli xil quloqlar bilan eshitamiz
Olam

Biz har bir odamni turli xil quloqlar bilan eshitamiz

Miya suhbatdoshni yaxshiroq tushunishimiz uchun uning ovoziga darhol moslasha oladi va hatto shaxsiy javob nutqini o‘zgartiradi. Neymegen (Niderlandiya) universiteti neyrobiologi Orxun Ulushaxin shunday xulosaga kelgan.

«Qaysidir ma’noda biz har bir odamni turli xil quloqlar bilan eshitamiz, chunki hamma turlicha so‘zlaydi», degan tadqiqotchi.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, ikki kishi bir xil ovoz chiqarmaydi: besh yoshli bola va sakson yoshli erkak muayyan so‘zni boshqa-boshqacha talaffuz qiladi. Bunday sharoitda nutqni tushunish uchun miya doimiy ravishda ma’lum bir gapiruvchiga «sozlanadi» – tezlik, tembr, ovoz balandligi, urg‘u va hatto ohangga moslashadi.

Biroq, tadqiqot ko‘rsatganidek, bu qobiliyat nafaqat idrok etishda, balki nutqda ham ishlaydi. 

«Suhbatdoshning nutq uslubi o‘zingiz qayday gapirishingizga ham ta’sir qiladi. Suhbatlarda odam beixtiyor ovozi balandligi va tembrini suhbatdoshinikiga  moslaydi», deya tushuntiradi Orxun Ulushaxin.

Bir eksperimentda qatnashchilar yozib olingan iboralarni tinglab, ularni xuddi shu tempda takrorlashi kerak edi. Bunda olimlar nafaqat nutqning sinxronligi, balki past yoki balandligini ham tahlil qilishgan. Kim iboralarni balandroq eshitgan bo‘lsa, ular ham baland ovozda takrorlagan va aksincha, kim past eshitgan bo‘lsa, pastroq.

Qizig‘i shundaki, bir yozuvni uzoq vaqt tinglash bilan ta’sir effekti zaiflashgan. Misol uchun, agar qatnashchilar 20 daqiqa davomida ayol ovozini baland, keyin esa aynan shu tuvushni past ohangda tinglashsa, ular endi kamroq moslashgan. Bu miya har bir takrorga nisbatan ta’sirlanmay, suhbatdosh haqida to‘plangan ma’lumotlardan foydalanishidan darak beradi.

Exit mobile version