Qashqadaryo gazetasi Olam Bolalar uchun siropdan gijja chiqdi
Olam

Bolalar uchun siropdan gijja chiqdi

Hindiston hukumati homiyligida taqdim etilgan bronxitga qarshi bolalar siropidan qurtlar topildi. Bu haqda Times of India manbasi xabar bergan.

 Gvalior tumani shifoxonasida o‘tkazilgan tekshiruv davomida tarkibida antibiotiklar saqlovchi azitromitsinli suspenziya ichida gijja borligi aniqlangan. Shundan so‘ng mamlakat sog‘liqni saqlash organlari ushbu dori partiyasini tarqatishni to‘xtatib, tekshiruv boshlagan.

Sirop ichidagi qurtlarni dastlab bolasiga shu dori vositasi buyurilgan yosh ona payqagan. Ayol darhol shifokorga yuzlanib, uning e’tiborini preparat ichidagi qora parchalarga qaratgan. Shundan keyin inspektorlar tezda shifoxona dorixonasidan namunalar olishib, so‘ngra dorilarning butun partiyasi, hatto boshqa preparatlar ham tekshiruvga yuborilgan.

Exit mobile version