Dinozavr skeletlari so‘nggi vaqtlarda o‘ta boy insonlar sotib oladigan yangi turdagi qimmatbaho aktivga aylandi. Bu haqda Bloomberg manbasi yozgan.
Ta’kidlanishicha, ayrim boy xaridorlar bunday xaridlarda ham hashamat, ham ibtidoiy jozibani ko‘rishadi. Masalan, Samson laqabli tirannozavr skeletini 600 ming dollarga sotib olgan milliarder Den O‘Daud uni «egalik qilish mumkin bo‘lgan eng hayratlanarli o‘lja» deb atagan.
Materialda qayd etilishicha, bunday aktivning qiymati uning kelib chiqishi, haqiqiyligi (uni aniqlash oson emas), dinozavr turining noyobligi hamda saqlanganlik darajasiga bog‘liq.
Shu hafta Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionida Gas laqabli tirannozavr reks skeleti telefon orqali ishtirok etgan noma’lum xaridorga rekord narx – 50,1 million dollarga sotildi. Bu savdo 2024-yilda o‘rnatilgan rekordni ortda qoldirdi. O‘shanda Apeks laqabli stegozavr skeleti 44,6 million dollarga sotilgan edi. Gasning yakuniy narxi auksion oldidan berilgan 20-30 million dollarlik bahodan ancha yuqori bo‘lgan.