Nemis armiyasi 2028-yilgacha to‘liq jihozlanishi kerak. Bu haqda armiyaning uskunalar, axborot texnologiyalari va texnik qo‘llab-quvvatlash federal boshqarmasi boshlig‘i Annett Lenik-Emden Tagesspiegel gazetasiga ma’lum qilgan.
«Mudofaaga to‘liq tayyor bo‘lish uchun zarur barcha narsalar 2028-yilgacha sotib olingan bo‘lishi kerak – askarlar hali yangi jihozlar bilan mashq qilishlari lozim», degan u va Bundesverni to‘liq jihozlash grafigi bajarilishiga ishonch bildirgan.
Avvalroq ayrim siyosatchilar Germaniyada majburiy harbiy xizmatni qayta tiklash kerakligini aytgandi. Shuningdek, NATO mamlakatdan 2030-yilda harbiy xizmatchilar sonini taxminan 180 ming nafardan 240-260 ming nafargacha ko‘paytirishni talab qilayotgani haqida xabarlar bor.