Qashqadaryo gazetasi Olam Diktatorning hokimiyatdagi so‘nggi kunlari
Olam

Diktatorning hokimiyatdagi so‘nggi kunlari

Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad mamlakatda o‘zi o‘rnatgan rejim qulashidan oldingi so‘nggi kunlarda ittifoqchi davlatlarning yordam haqidagi takliflarini e’tiborsiz qoldirgan va telefonida o‘yin o‘ynash bilan band bo‘lgan. Bu haqda The Atlantic jurnali yozdi.

Nashr e’lon qilgan maqola muallifi, Damashqdagi prezident saroyi zobitlari va doimiy mehmonlari bilan suhbatlashib, Bashar Asadning davlat rahbari sifatidagi so‘nggi haftalari tasvirini yaratgan Robert Uort ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchi unga Rossiya, Turkiya va Erondan yordam taklif etilganiga qaramay, mamlakatdagi vaziyatni yaxshilash va hokimiyatni saqlab qolishga harakat qilmagan. U hatto qo‘ng‘iroqlarni ham javobsiz qoldirib,  telefonida o‘yin o‘ynashni avzal ko‘rgan. 

Eslatib o‘tish joiz, 2024-yil dekabrda Bashar Asad rejimi qulab, u oilasi bilan Moskvadan panoh topgandi.

Exit mobile version