Qashqadaryo gazetasi Olam Endi televizor ham josuslik qiladi
Olam

Endi televizor ham josuslik qiladi

LG kompaniyasi o‘zining webOS televizion operatsion tizimidan foydalanish shartlarini yangilaganidan keyin tanqidlar markazida qoldi. TechRadar nashrining xabar berishicha, yangilangan hujjat sun’iy intellektga asoslangan funksiyalarni takomillashtirish maqsadida foydalanuvchilarning ovoz ma’lumotlarini yozib olish va qayta ishlash imkoniyatini nazarda tutadi.

Foydalanuvchilar e’tiborini tortgan bandlardan biriga ko‘ra, suhbatlar yozib olinishi mumkinligi haqida boshqa shaxslarni xabardor qilish majburiyati televizor egasi zimmasiga yuklanadi. Ya’ni, foydalanuvchi oila a’zolari va mehmonlarni ovozli funksiyalar ishlayotgani haqida oldindan ogohlantirishi, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda audioyozuvlarga oid mahalliy qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashi lozim.

Agar kimdir bunday ma’lumotlar qayta ishlanishiga rozi bo‘lmasa, LG mikrofon va ovozli xizmatlarni o‘chirishni tavsiya qilgan.

webOS tizimining yangi versiyalarini o‘rnatmaslik orqali avvalgi foydalanish shartlarini saqlab qolish mumkin. Biroq bu holda televizor xavfsizlik yangilanishlari va boshqa dasturiy tuzatishlarni olmaydi.

Bu holat Gamers Nexus nashri tomonidan LG qurilmalaridagi maxfiylik masalalariga bag‘ishlangan surishtiruv e’lon qilingan vaqtga to‘g‘ri kelgan. Shu munosabat bilan kompaniya foydalanuvchilar ma’lumotlaridan foydalanish siyosati uchun yana bir bor tanqidga uchradi.

Exit mobile version