Qashqadaryo gazetasi Salomatlik Eng muhimi – erta tashxis
Salomatlik

Eng muhimi – erta tashxis

Salomatlik

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali mutaxassislari tomonidan oktyabrь oyida 35–55 yosh oralig‘idagi 63 ming 920 nafardan ortiq xotin-qiz skrining tekshiruvlardan o‘tkazilib, natijada ularning 185 nafarida saraton kasalligi aniqlangan. Umuman, filial faoliyatida joriy yilning o‘tgan davri davomida 1648 nafar yangi onkologik bemor aniqlangan bo‘lsa, ularning 313 nafari sut bezi, 80 nafari bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallangan. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lumot berildi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo miqyosida 370 mingdan ortiq ayolda bachadon bo‘yni saratoni birinchi bor qayd etiladi, shulardan 190 ming nafari ushbu kasallik oqibatida vafot etadi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda bachadon bo‘yni saratoni eng ko‘p uchraydigan saraton kasalliklari orasida ikkinchi o‘rinda.

Viloyatda faoliyat yuritayotgan mobil skrining laboratoriyasi yordamida uzoq hududlarda yashovchi ayollar ham bepul tekshiruvlarga qamrab olinishi natijasida erta tashxis holatlari soni ortdi, og‘ir shakllar kamaydi.

Shohista BOZOROVA

Exit mobile version