Tayvanda olti yildan buyon birga yashab kelayotgan er-xotinning kutilmaganda o‘zaro qon-qarindosh ekanligi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi ETtoday manbasi.
Bir necha kun avval er yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganini tekshirayotib, ona tomonidan bobosi va xotinining momosi qachonlardir o‘gay aka-singil bo‘lganini aniqlagan. Shu tarzda juftlik avlod oshgan aka-singil, ya’ni «yon shajara bo‘yicha oltinchi darajadagi qarindoshlar» bo‘lib chiqqan.
Xabar qilinishicha, ular bundan roppa-rosa olti yil avval nikohdan o‘tishib, o‘tgan davr mobaynida qarindoshlik aloqalaridan bexabar holda birga yashashgan. Bu haqdagi yangilik esa ular uchun kutilmagan bo‘lgan. Tayvan fuqarolik kodeksining 983-moddasiga ko‘ra, oltinchi darajagacha bo‘lgan qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh qat’iyan taqiqlanadi va bunday ittifoqlar haqiqiy hisoblanmaydi.
Holat ayon bo‘lgach, er sudga murojaat qilib, nikohni yuridik kuchga ega emas deb topishni so‘ragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ochilgan haqiqat uni hayratga tushirgan va qonunni buzishni istamay, rasman ajrashishga qaror qilgan. Xotini ham da’voga qarshilik qilmay, qaror yuzasidan e’tiroz bildirmagan.