Qashqadaryo gazetasi Olam Fermer bepul kartoshka tarqatdi
Olam

Fermer bepul kartoshka tarqatdi

Germaniyaning Saksoniya yeridagi fermer xo‘jaligi rekord darajada hosil olishi ortidan ulkan kartoshka zaxirasini bepul tarqata boshladi. Bu haqda BBC manbasi xabar bergan.

Yanvar oyi o‘rtalaridan buyon mamlakat poytaxtiga kartoshka jo‘natilib, aholiga bepul tarqatilmoqda. Jami 500 ming kilogramm zaxira yuk mashinalarida Berlinga, shuningdek, respublikaning boshqa hududlari va Ukrainaga jo‘natilishi mo‘ljallangan. 

«Kartoshkani qutqarishning buyuk rejasi» deb nom olgan ushbu aksiya qariyb 4 million kilogramm ortiqcha zaxira nobud bo‘lishi oldini olish chorasining bir qismi hisoblanadi. Tashkilotchilar so‘zlariga ko‘ra, yordam oluvchilar qatorida oziq-ovqat banklari, maktablar va ibodatxonalar ham bor.

Biroq, Brandenburg fermerlar assotsiatsiyasi ushbu tashabbusni «yoqimsiz PR hiylasi» deb atab, uning mahalliy bozor uchun oqibatlaridan afsusda ekanligini bildirgan. 

Exit mobile version