Ispaniya, Fransiya va Gretsiya ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Facebook va X foydalanuvchilari uchun majburiy yosh cheklovi joriy etishni muhokama qilmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar tarqatgan.
Uch mamlakat raqamli xizmatlar vazirlari keyingi oyda Yevropa Ittifoqidagi hamkasblari bilan tashkil etiladigan uchrashuv oldidan ushbu taklif ustida olib borayotgan ishlarini muvofiqlashtirmoqda.
Yangi qoida internetga ulanish imkoniyati bor har qanday qurilma yoshni tekshirish texnologiyasiga ega bo‘lishini talab qiladi. Bundan tashqari, mazkur davlatlar ijtimoiy tarmoqlar «yoshga xos dizayn»da bo‘lishiga va ekranga qalqib chiqib, avtomatik tarzda yoqiladigan go‘yoki shaxs qiziqishlari doirasidagi kontent yoki videolar kabi «odatlanish va qaramlikni chaqiruvchi» funksiyalarni cheklashga ham chaqirmoqda.
