Eron Falastinning G‘azo mintaqasini qayta tiklash uchun qo‘shma platforma yaratishni taklif etdi, deya xabar beradi «Novosti» axborot agentligi.
Aniqlik kiritilishicha, Eron oliy diniy rahnamosining maslahatchisi, xalqaro aloqalar bo‘yicha strategik kengash rahbari Kamol Xarroziy Arab-Eron muloqoti 4-konferensiyasi ochilishida shunday tashabbus bilan chiqqan.
«Biz ichki ko‘chirilgan odamlarni qo‘llab-quvvatlash va G‘azoni tiklash uchun umumiy platformaga asos solishimiz kerak», degan u.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Eron mintaqa davlatlari bilan tushunmovchiliklarni kamaytirish uchun muloqotga tayyor. Rasmiy Tehron shu maqsadda, jumladan, tadqiqot markazi tuzishni taklif qilgan.
