Britaniyalik ayol dorixonadan sotib olingan ozdirish uchun vositani qo‘llashi ortidan sochsiz qoldi va jigaridan ayrilishi ham mumkin edi, deya xabar qiladi LADBible manbasi.
34 yoshli Emi Chepmen vazn yo‘qotish uchun mashhur ukoldan foydalanishni boshlab, keyin sog‘lig‘ida muammolarga duch kelgan. Ayol to‘rt oyda 25 kilogramm ozishga muvaffaq bo‘lgan, biroq tez orada og‘ir asoratlarga yo‘liqqan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kuchli holsizlikni his qila boshlagan va doimiy ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan. Bir necha bor hushidan ketgach, shifoxona jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Shifokorlarning aniqlashicha, Emi Chepmenda tez-tez qayd qilishi oqibatida qizilo‘ngach teshilishi yuz bergan. Shuningdek, jigar yetishmovchiligi boshlangan. Bundan tashqari, vitamin B12 taqchilligi tufayli ayolda soch to‘kilishi kuzatilgan.
Bemorning ta’kidlashicha, vrachlar holat og‘irligidan hayratda edi va ularda bunday dori vositalari keltirib chiqaradigan oqibatlarni davolash bo‘yicha tayyor protokol bo‘lmagan.
«Men hech kimga qo‘llash mumkin yoki yo‘q, demayman. Biroq, ishonchim komilki, bu dori vositalari ustidagi tadqiqotlar chuqurroq o‘tkazilishi kerak», degan u.
