Qashqadaryo gazetasi Olam Gumanoid robotlar ishni ishchilardan o‘rgana boshladi
Olam

Gumanoid robotlar ishni ishchilardan o‘rgana boshladi

Toyota korporatsiyasi dunyo bo‘ylab faoliyat ko‘rsatayotgan zavodlarida brendning o‘zi tomonidan ishlab chiqarilgan 400 mingta, jumladan, insonlar bilan yonma-yon vazifa bajaradigan gumanoid robotlarni joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Nikkei manbasi xabar bergan.

Ular orasida ELEY deb nomlangan ikki barmoqli qo‘llari mavjud, og‘irligi 50 kilogrammni tashkil etadigan odamsimon robotlar ham bor. Qurilmalar batareya yoki elektr tarmog‘i orqali quvvatlanadi va oyoqda emas, g‘ildiraklar yordamida harakatlanadi.

Ushbu antropomorf robotlari nomi Embodied Learning robot for Enhanced Yield iborasining qisqartmasi bo‘lib, uni «samaradorlikni oshirish uchun mujassamlashgan o‘rganish roboti» deb tarjima qilish mumkin.

ELEY robotlari mustaqil ravishda o‘rganadi va turli vazifalarni bajarishning eng maqbul usulini o‘zlashtiradi. Shu jarayonda ular mayda motorikaga oid harakatlarini ham takomillashtiradi.

Hozirda robotlar ayrim ishlab chiqarish liniyalarida ishchilarning o‘z vazifalarini qanday bajarayotganini kuzatib, ulardan o‘rganmoqda.

Exit mobile version