Qashqadaryo gazetasi Olam Halokatga uchragan kemaga aloqador tilla soat rekord narxda sotildi
Olam

Halokatga uchragan kemaga aloqador tilla soat rekord narxda sotildi

Magnat, o‘sha mashhur «Titanik» kemasi yo‘lovchilaridan biri bo‘lgan Isidor Shtrausga tegishli oltindan yasalgan cho‘ntak soati kim oshdi savdosida rekord summa – 2,3 million dollarga sotildi. Bu haqda Henry Aldridge & Son auksion uyi xabar qilgan. 

Bu «Titanik» bilan bog‘liq esdalik buyumlari uchun rekord bo‘ldi, deyiladi xabarda.

18 karat (3,6 gramm) oltin ishlatilgan soat Macy’s do‘konlar tarmog‘i egalaridan biri, kemada rafiqasi Ida Shtraus bilan birinchi klassda sayohat qilgan Isidor Shtraus jasadi yonidan topilgan. Unda magnatning ism-sharifi bosh harflari va 43 yoshga to‘lgan sanasi o‘yib yozilgan.

Xabarda qayd etilishicha, falokatdan so‘ng soat boshqa shaxsiy buyumlar bilan birga egasining qarindoshlariga berilgan.

«Titanik» halokatidan omon qolgan guvohlarning eslashicha, Shtrauslar oilasi unda hali xotin-qizlar va bolalar qolayotgan bir paytda kemani tark etishdan bosh tortishgan. Ularni oxirgi marta suvga g‘arq bo‘layotgan ulkan kema bortida bir-birlarining qo‘llaridan tutgan holda ko‘rishgan.

Exit mobile version