Qashqadaryo gazetasi Olam Hokimiyat rasmiylari o‘zlarini yillab haqorat qilgan murojaatchini sudga berdi
Olam

Hokimiyat rasmiylari o‘zlarini yillab haqorat qilgan murojaatchini sudga berdi

Yaponiyaning Mixama shahri rasmiylari ularni besh yil davomida haqorat qilib kelgan erkakni sudga berdi, deb yozadi Sora News manbasi.

Voqea 2020-yilda 60 yoshdan oshgan erkak shahar hokimiyatiga, aytilishicha, idora vakolati doirasiga kirmaydigan masalada murojaat qilganidan boshlangan. Mas’ullar murojaatchiga uning muammosi yechimi borasida yordam bera olmasliklarini xushmuomalalik bilan tushuntirishgan. Fuqaro aynan nima xohlagani esa hozircha noma’lum.

Keyiniga erkak telefon qo‘ng‘iroqlari, xatlar va o‘z tashrifi bilan shahar ma’muriyatini tom ma’noda qo‘rquvga solgan. Ayrim holatlarda u soatlab hokimiyat vakillarining vaqtini olgan, tinimsiz so‘kinib, tortishgan va baqirgancha e’tirozlarini bildirgan. Murojaatchi oxirgi yetti oyda idoraning deyarli barcha bo‘limlariga 800 martadan ortiq qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirgan va xatlar yuborgan. 

Vaziyat izdan chiqqanini tushungan rasmiylar bunday murojaatchilarga ta’sir o‘tkazishning qonuniy yo‘lini topishga intilib, hokimiyatga fuqarodan bo‘layotgan haddan oshiq shikoyatlar agar idoraning normal ishlashiga xalal bersa, uni sudga tortish imkonini beruvchi qaror qabul qilishgan. 

Oxir-oqibat shahar rasmiylari tajovuzkor murojaatchidan xodimlarning u bilan muloqot uchun sarflagan vaqti uchun to‘langan ish haqiga teng miqdorda – 25 ming dollar talab qilishmoqda ekan.

Exit mobile version