28 yil davomida haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil boshqarib yurgan erkak sudlanadi, deya xabar beradi Oddity Central manbasi.
Fransiyada odatdagi yo‘l harakati tekshiruvi hatto tajribali politsiyachilarni ham hayratga solgan g‘ayrioddiy voqeaga aylandi. Rona hududida yashovchi fuqaro taxminan chorak asrdan ko‘proq vaqt mobaynida ruxsat etuvchi hujjatsiz mashina boshqarib yurganligi ma’lum bo‘lgach, ushlangan. Keyingi tekshiruvlarda transport vositasi majburiy sug‘urtalanmagani ham aniqlangan.
Erkakning izoh berishicha, haydovchilik guvohnomasi 1997-yilda mast holatda mashina boshqarib, qo‘lga tushgani ortidan bekor bo‘lgan. Shundan buyon u biror marta ham hujjatini qayta tiklashga harakat qilmagan.
Fransuz haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagach, sug‘urta rasmiylashtirish yoki texnik ko‘rikdan o‘tishdan ma’ni yo‘q, degan fikrda. Ajablanarlisi, u shuncha yillar davomida politsiya tekshiruvlaridan chetda qolishning uddasidan chiqa olgan.
Yo‘l-patrul xodimlari hujjatsiz haydovchi o‘zining «jasorat»i uchun jarimaga tortilgani va sudga chaqiruv qog‘ozi olganini ma’lum qilgan.
