Janubiy Koreya hukumati ichki talabga stimul berish maqsadida har bir fuqarosiga 110 dollardan tarqatadi. Bu haqda mahalliy The Korea Herald nashri ma’lum qilgan.
«Rejaga ko‘ra, loyiha e’lon qilingan kundan bir kun oldin, ya’ni 18-iyun holatida mamlakatda yashovchi barcha fuqarolar 150 ming von (taxminan 1 389 000 so‘m) miqdorida bir martalik to‘lov oladi», deb yozadi manba.
Qayd etilishicha, tashabbus ichki iste’molni rag‘batlantirish maqsadini ko‘zda tutadi.
Janubiy Koreyada yashovchi xorijliklar ro‘yxatga kiritilmagan, ayni paytda nikoh sabab ko‘chib kelganlar va qochqin sifatida tan olingan shaxslar xuddi doimiy yashovchilar kabi yordam olish huquqiga ega aholi safiga kiritilgan.