Qashqadaryo gazetasi Olam Hukumat bilan kelishuvi bor tadbirkor milliarderga aylandi
Olam

Hukumat bilan kelishuvi bor tadbirkor milliarderga aylandi

Buyuk Britaniyada xorijliklarni joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi Clearsprings Ready Homes kompaniyasi asoschisi, tadbirkor Grem King milliarderga aylandi. Bu haqda Sunday Times gazetasi yozgan.

«Britaniyaning boshpana so‘rovchilar uchun mehmonxonalari «qiroli» milliarder bo‘ldi, uning moliyaviy holati kompaniyasi xizmatidan foydalanuvchilar soni ortganiga hamohang o‘sib bormoqda», deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 58 yoshli tadbirkorning boyligi o‘tgan yil davomida 35 foizga ko‘paygan.

Qirollik moliyaviy nazorat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir nafar muhojirning bir kecha mehmonxonada qolishi 145 funt sterling (qariyb 2,5 million so‘m)ga tushadi. Umuman olganda, 38 ming nafardan ortiq xorijlik mehmonxonalarda yashaydi va ularning kunlik xarajatlari 5,5 million funt sterlingni tashkil qiladi. Bu mablag‘ning barchasi Grem King bilan tuzilgan shartnomaga asosan mamlakat hukumati tomonidan to‘lab beriladi.

Binobarin, statistik ma’lumotlar bo‘yicha, Britaniyaga yiliga bir milliondan ortiq muhojirlar ko‘chib keladi, qirollik aholisining ko‘payishida sof  xalqaro migratsiya asosiy omil bo‘lib, demografik barqarorlik masalasi yechimi sifatida bo‘y ko‘rsatmoqda.

Exit mobile version