Qashqadaryo gazetasi Olam Hukumat rahbarining gaplari katta janjalga olib keldi
Olam

Hukumat rahbarining gaplari katta janjalga olib keldi

Germaniyada kansler Fridrix Mersning o‘z fikrlarini ifoda etishdagi ehtiyotsizligi bir necha haftadan beri tinchlanmayotgan janjalga sabab bo‘ldi. Bu haqda «Izvestiya» nashri xabar tarqatgan.

U avvalgi hukumatning muhojirlarga oid siyosatidagi xatolar haqida gapirib, ular «Germaniya shaharlari qiyofasi»da mavjudligini ta’kidlagan. Kanslerning bu fikrlari «kamsituvchi va  irqchilik» sifatida qabul qilingan.

«Hukumat migratsiya siyosatidagi avvalgi xatolarni tuzatmoqda va muammo yechimida allaqachon sezilarli yutuqlarga erishildi. Biroq bu muammo shaharlarimiz qiyofasida hamon mavjud», degan Fridrix Mers.

Kansler gaplari yuzasidan politsiyaga murojaatlar namunalari internetda paydo bo‘lgan, faollar esa namoyishlar uyushtirishni boshlashgan.

Manbaning qayd etishicha, hukumat rahbarining gaplari katta janjalga olib kelib, amalda nafaqat saylovchilarni, balki uning partiyadoshlarini ham siyosatchiga qarshi qo‘ygan.

Exit mobile version