Eron parlamenti Yevropa ittifoqining mamlakat armiyasi – Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga nisbatan qabul qilgan qarori fonida YEI qurolli kuchlarini terroristik tashkilotlar sifatida tan oldi. Parlament spikeri Muhammad-Bager G‘olibaf shunday bayonot bergan.
«Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining terroristik tashkilot deb e’lon qilinishiga javoban Yevropa mamlakatlari qurolli kuchlari ham xuddi shunday talqin qilindi», degan u. Siyosatchi YEIning ushbu qarori oqibatlari Yevropa mamlakatlari zimmasida ekanini alohida qayd etgan.
O‘tgan oy oxirida YEI diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas ittifoq Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritganini ma’lum qilgandi.
Bundan tashqari, YEI Eronga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirib, unga mamlakat ichki ishlar vaziri Iskandar Mo‘miniy va bosh prokuror Muhammad Movahediy-Ozodni ham kiritgan.