AQSH hukumati hisobotida ilk bor G‘azo mintaqasida Isroil harbiylari tomonidan inson huquqlari buzilishi ehtimoli tan olindi. Bu haqda The Washington Post nashri yozgan.
Manbaning qayd etishicha, AQSH davlat departamentining bosh inspektorlar boshqarmasi shunday xulosaga kelgan. Hujjatda Isroilning G‘azodagi harakatlari Lixi qonuni ta’siriga tushishi tan olingan. Qonun inson huquqlarini qo‘pol tarzda buzishda asosli ayblangan xorijiy harbiylarga harbiy yoki moliyaviy yordam ko‘rsatishni taqiqlaydi.
Maxfiy hisobotlarda Isroil armiyasi Amerika qonunchiligi ta’siriga tushuvchi yuzlab qoidabuzarliklarni amalga oshirgani yuzaga chiqqan. Ularni o‘rganish uchun davlat departamentiga bir necha yil kerak bo‘lishi aytiladi.
Avvalroq BMTning mustaqil xalqaro komissiyasi Isroilning G‘azo mintaqasidagi harakatlarini genotsid deb tan olgani ma’lum bo‘lgandi.