Qashqadaryo gazetasi Olam Jabrlanuvchi kechirganiga qaramay, hukm ijro etildi
Olam

Jabrlanuvchi kechirganiga qaramay, hukm ijro etildi

Eronda o‘g‘irlik qilgani uchun Muhsin Ashiriy ismli erkakning o‘n qo‘li to‘rtta panjasi, garchi undan jabrlangan kishi jinoyatchini rasman kechirganiga qaramay, kesib tashlandi, deb yozadi Daily Mail manbasi.

Ma’lum qilinishicha, u o‘g‘irlikda ayblanib, dastlab olti oy qamoqqa hukm qilingan va mamlakat jinoyat kodeksiga ko‘ra, standart «jismoniy» jazo – qo‘li qisman kesilgan.

Muhsin Ashiriy belgilangan qamoq jazosini o‘tab bo‘lganidan so‘ng 190 ming dollarga yaqin garov puli evaziga ozodlikka chiqqan. Ammo keyinroq sud uni yana chaqirib, yangi garov – avvalgisidan ikki barobar ko‘proq pul to‘lashni talab qilgan. Erkak buncha mablag‘ni to‘lay olmagach, sud hukmining «jismoniy» qismi ijroga yo‘naltirilgan.

Huquq himoyachilari Eron hukumatini qoralab, bunday harakatlarni «inson huquqlarining dahshatli buzilishi» va «o‘rta asrlardagi jazolash usuli namunasi» deb atagan.

«Hatto jabrlanuvchi Muhsin Ashiriyni kechirganiga qaramay, sudya jazoni yengillashtirishni istamadi. Bu Eron sud tizimining o‘zboshimcha va shafqatsizligini yana bir bor ko‘rsatadi», deyiladi ular bayonotida.

Exit mobile version