Qashqadaryo gazetasi Olam “Katta og‘a”ga yaqinlik aks ta’sir ko‘rsatdi
Olam

“Katta og‘a”ga yaqinlik aks ta’sir ko‘rsatdi

Donald Tramp bilan aloqalari Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning saylovlardagi mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Politico manbasi yozgan.

«Hozirgi sharoitda AQSH bilan yaqin munosabat o‘rnatish vengriyalik saylovchilarga unchalik xush kelmadi», degan Fransiyaning o‘zi ham Donald Trampdan masofa saqlayotgan o‘ng «Milliy birlashuv» partiyasi vakili.

12 aprelda Vengriya parlamenti saylovlari yakunlanib, natijalar mamlakatning keyingi bosh vaziri nomiga ham aniqlik kiritdi. Unda katta farq bilan muxolifatdagi «Tisa» partiyasi g‘alaba qozongan.  Peter Madyar boshchiligidagi siyosiy harakat parlamentda konstitutsiyaviy ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritgani unga qonunlarni boshqa fraksiyalar qo‘llab-quvvatlovisiz ham qabul qilish imkonini beradi.

Saylovdagi muvaffaqiyatdan keyin muxolifat lideri Donald Trampga birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilmasligi, lekin muloqot uchun ochiqligini aytgan.

Exit mobile version