Qashqadaryo gazetasi Olam Kofe yoki choyni qachon ichgan ma’qul?
Olam

Kofe yoki choyni qachon ichgan ma’qul?

Kofe va choy kayfiyatni yaxshilaydi, ayniqsa tongda uyg‘ongandan keyin dastlabki ikki yarim soat ichida ichilsa. Nemis tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishgan. Ish natijalarini Scientific Reports jurnali e’lon qildi.

Olimlar 230 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etgan ikkita keng qamrovli tadqiqotni tahlil qilganlar. Qatnashchilar bir necha hafta davomida oxirgi bir yarim soatda tarkibida kofein bo‘lgan ichimlik iste’mol qilgani yoki yo‘qligini kuniga bir necha bor qayd etib borishgan. Shuningdek, ular mobil ilovada o‘zlarining hissiy holatini baholaganlar.

Ma’lum bo‘lishicha, bir chashka kofe yoki choy ichgan ko‘ngillilarda, ayniqsa ichimlik uyqudan turgandan keyingi dastlabki ikki yarim soatda iste’mol qilingan bo‘lsa, xursandlik va zavq-shavq darajasi oshgan. Salbiy his-tuyg‘ularga ta’sir kamroq qayd etilib, ifodasi kam bo‘lgan.

Shuningdek, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatganki, kofeinning tetiklantiruvchi effekti charchoq his qilgan va boshqalarga nisbatan kuchsizroq kishilarda kuchliroq namoyon bo‘ladi. Bunda tashvish yoki ruhiy siqilishga moyillik natijalarga ta’sir qilmagan.

Exit mobile version