Aktyor va jang san’ati ustasi Bryus Liga bag‘ishlangan Gonkongdagi muxlislar muzeyi yopildi. Bu haqdagi xabar Bryus Li rasmiy muxlislar klubining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga joylangan.
Muzey kolleksiyasi ikki mingta artefakt – haykallar, jurnallar va noyob kadrlarni o‘z ichiga olgan.
«Xarajatlar bizni Bryus Li ruhini qo‘llab-quvvatlash uchun bor resurslarimizdan samaraliroq foydalanish haqida o‘ylab ko‘rishga majbur qildi», degan muzey vakili.
Muzey daromadlari koronavirus pandemiyasi davridayoq tushib ketgan. U qayta ochiladimi yoki yo‘qligi noma’lum.
Rasmiy muxlislar klubiga Bryus Lining oilasi asos solgan. U bilan bog‘liq artefaktlar joy olgan ko‘chma muzey dastlab 2000-yilda Gonkongdagi boshqa nuqtada ochilgan. Keyin ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng 2019-yilda qayta faoliyat boshlagan.