Hindiston bosh vaziri Narendra Modi AQSH bilan savdo aloqalarida o‘sib borayotgan keskinlik fonida mamlakat aholisini chet el tovarlaridan voz kechishga chaqirdi, deb yozadi The India Today nashri.
Siyosatchi hindlar har kuni foydalanadigan ko‘plab mahsulotlar xorijda ishlab chiqarilishini tan olgan. Biroq mamlakat fuqarolari hatto bu haqda bilmaydi.
«Biz ulardan voz kechishimiz kerak. Millatga zarur narsalar Hindistonning o‘zida ishlab chiqarilishi kerak, deb aytgan bosh vazir va mamlakatning gullab-yashnashi o‘zini o‘zi ta’minlashga asoslanganini ta’kidlagan.
Joriy yil 27-avgustdan boshlab AQShda qator hind tovarlariga nisbatan 50 foizlik boj tariflari amal qilishni boshlagan. Xususan, kiyim-kechaklar, zargarlik buyumlari, poyabzal va mebel mahsulotlari uning ta’siriga tushgan.