Viloyat aborot-kutubxona markazida “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”, “So‘z sandiqchasi” hamda “O‘zbek tili omonimlari lug‘ati” kitoblarining keng jamoatchilik uchun taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, viloyat hokimligi, O‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mazkur kitoblarning mazmun-mohiyati, ilmiy ahamiyati va yosh avlod ma’naviyatini o‘stirishdagi o‘rni haqida atroflicha fikr yuritildi.
“Alisher Navoiy ensiklopediyasi” Navoiyni o‘qish, uqish, o‘rganish, tushunish uchun yordam beradigan muhim manba sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, “So‘z sandiqchasi” kitobi nutqni rivojlantirish, so‘z boyligini oshirishda asqatishi ta’kidlandi. “O‘zbek tili omonimlari lug‘ati” esa o‘zbek tilining boy va serqirra imkoniyatlarini namoyon etuvchi ilmiy manbadir.
Tadbir so‘zga chiqqanlar ushbu kitoblar va, umuman, asarlar mutolaasining inson dunyoqarashi, fikrlashi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni yuksakligini yana bir bor eslatib o‘tishdi.
Shohista BOZOROVA
Jamshid NORQOBILOV olgan suratlar.