Qashqadaryo gazetasi Madaniyat MA’NO VA MANTIQ QANI?
Madaniyat

MA’NO VA MANTIQ QANI?

Luqma

Ma’lumki, sahna asari tomoşabinlarga estetik zavq barobarida bilim, tarbiya ham beradi. Hayotni, insonlar örtasidagi munosabatlarni aks ettirişda spektakllarning ahamiyati katta. Demakki, aktyoru rejissorlarning bilim va saviyasi tomoşabinnikidan bir hissa baland bölişi kerak. Aks holda nönoq ijodkorlar kulgi-yu malomatga qoladi.

Yaqinda bir tadbirda Abdulla Qodiriy haqida spektakl qöyişdi. Yozuvçi faoliyatidan kiçik bir lavha, desayam böladi. Qisqaça syujet şunday: Abdulla Qodiriy Moskvaga öqişga ketgan, uyda onasi va rafiqasi suhbat qurib ötirişadi. Şu asno eşikdan yozuvçi kirib keldi. Ikki qizi esa Moskvadan keltirilgan kitobni (aniqroği, yaqin yillarda çiqqan zamonaviy kitobni) talaşib parda ortiga ötib ketişdi. Ona va bola uzoq söraşişdi. Töğrisi, möylov demasa, Abdulla Qodiriyni eslatuvçi biror belgi körinmadi. Şu payt birdaniga eşik gursillab qoldi va harbiy libosdagi yigit va qiz kirib kelişdi. Ular qisqa fursatli tintuv ötkazib, Qodiriyni aybdor deb topişdi va qamoqqa olib ketişdi. Kutilganiday, ikki qiz, ona va xotin dodlaganiça qoldi.

Keyingi körinişda harbiy libosdagi boyagi qiz yozuvçini turtkilab, tergovçining huzuriga keltirdi (nahotki zobit roliga biror yigit topilmagan bölsa!). Tergovçi esa Abdulla Qodiriy Moskvada oliy adabiyot kursida öqigani, asarlarini rus tilida emas, özbek tilida yozgani (!) va şunga öxşaş kurakda turmaydigan vajlarni aytib, dabdurustdan qatl hukmini öqib yubordi.

Tarixdan bilamizki, sovet tuzumi davrida bunday işlar «troyka» – ya’ni NKVD, partiya va prokuratura vakili iştirokida körib çiqilgan. Stalin qatağonlari davrida bunday «uçlik»lar qarori asosida köplab kişilar otib taşlangani yoki mehnat lagerlariga yuborilganini ham yaxşi bilamiz.

Spektaklda esa bir yigit va qiz özbekning katta yozuvçisi taqdirini hal etib yubordi-ya, qarang.

Tan oliş kerak, talabalar rolni yaxşi ijro etişdi. Har holda yozib berilgan va örgatilgan vazifa yomon uddalanmadi. Ammo işboşilar sahna asarida aytilayotgan gaplar tarixiy haqiqatga mos kelişiga ham e’tibor berişlari kerak-da.  

Misol uçun, spektaklda Abdulla Qodiriy  Moskvada oliy adabiyot kursida öqigani aytildi. Aslida adib 1924-1925-yillarda adabiy  kurslarda tahsil olgan, bu kurslarga «oliy» degan maqom 1926-1927-öquv yilidan berilgan, şundayam Oliy davlat adabiyot kursi deb yuritilgan ekan. Gorkiy nomidagi Oliy adabiyot kursi esa 1953-yilda taşkil qilingan.

Qodiriy  birinçi marta «Yiğindi gaplar» maqolasi uçun 1926-yilda hibsga olingan. Bir neça oy qamoqda yotgan. Moskvadan öqişdan qaytgan payti qizi Nazifa 7 yoşda, Habibulla 6, Adiba 1 yoşda bölgan. Ya’ni «men öqiyman, kitob meniki» deb tortişadigan juftlik bölmagan. Keyin yana ikki farzandi dunyoga kelgan.

Agar Qodiriy öşa payti hibsga olinib, darrov otib yuborilgan bölsa, uning 12 yillik umri qayerda qoladi?

Zalda hozir bölganlarning köpçiligi Abdulla Qodiriy tarjimai holidan ozmi-köpmi boxabar, sahnada esa na tarixga, na mantiqqa mos keladigan voqealar ketyapti – kulasizmi, kuyasizmi? Qiziqçilar aytganiday, ilhom kelganda, ma’no qoçib ketganmi…

Spektakl söngida talabalar «Jadidlar yetişmayapti» degan şye’rni öqişdi. Bizningça, şu kabi jön «asar»larni sahnaga olib çiqayotgan rejissorlarga bir qança narsalar yetişmayapti: ozroq bilim, ozgina izlaniş va tomoşabinni hurmat qiliş…

YÖLOVÇI

Exit mobile version