Polshada 38 yoshli homilador ayol qonining tarkibida xavfli miqdorda alkogol bo‘lgan bolani dunyoga keltirdi. Bu haqda TVP World manbasi xabar bergan.
Ona homiladorlikning 36-haftasida shifoxonaga tushgan. Shifokorlar bemor mast ekanligini payqashgan va tekshiruvlardan so‘ng uning qoni tarkibida sezilarli miqdorda alkogol borligi aniqlangan.
Bola dunyoga kelganidan keyin uning qoniga ham alkogol singigani ayon bo‘lgan. Ayni vaqtda chaqaloqning holati barqaror.
Ona va bola shifoxonada qolmoqda. Ayolning ichkilik oqibatida homilaga zarar yetkazib qo‘yishi mumkinligi tug‘ruqdan keyin huquqni muhofaza qiluvchi organlar e’tiborini tortgan. Qonunchilik doirasida endi unga besh yillik qamoq jazosi xavf solmoqda.