Yapon restorani xitoylik mijozlarni «ularning qo‘polligi» tufayli qabul qilishni taqiqlab, bahs-munozara keltirib chiqardi, deb yozadi South China Moring Post manbasi.
Osako shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi eshigida xitoylik mijozlarga xizmat ko‘rsatilmasligi haqidagi e’lon paydo bo‘lishi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalar mavzusiga aylangan. Matnda bunday qarorga kelinishiga ko‘plab xitoylik xo‘randalar o‘zlarini qo‘pol tutishi sabab bo‘lgani aytilgan.
Manbaning qayd etishicha, bu yagona holat emas. O‘tgan yili Tokiodagi bir kafe ham shoxobchaga Xitoy va Janubiy Koreya fuqarolari kirishi taqiqlangani to‘g‘risida e’lon qilgan.
Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra, muassasalar mijozlarning til bo‘yicha belgilariga qarab qabul qilishni cheklashi mumkin. Biroq millati va irqi sabab kamsitish mamlakat konstitutsiyasi asosida taqiqlangan.
