Qashqadaryo gazetasi Olam Milliy gvardiya ham noqonuniy migratsiyaga qarshi safarbar qilinadi
Olam

Milliy gvardiya ham noqonuniy migratsiyaga qarshi safarbar qilinadi

AQSH milliy gvardiyaning 1,7 ming harbiy xizmatchisini safarbar qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu kuchlar 19 ta shtatda ichki xavfsizlik vazirligi (IXV)ga noqonuniy migratsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashda yordam berish uchun yuboriladi, deya xabar bergan Fox News telekanali.

«Yaqin haftalarda milliy gvardiyaning 1,7 ming nafargacha askari prezident Donald Trampning migratsiya va jinoyatchilikka qarshi umummilliy kurashida ichki xavfsizlik vazirligiga yordam berish uchun safarbar qilinadi», deyiladi Pentagondagi anonim manbalarga tayanib berilgan xabarda. 

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, IXV tizimidagi AQSH immigratsiya va bojxona xizmatiga yordam beruvchi milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ma’muriy masalalar, logistika, moddiy-texnik ta’minot va noqonuniy muhojirlar ishlari bilan bog‘liq hujjatlarni qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.

Pentagon hujjatiga asosan milliy gvardiya kuchlari joylashtiriladigan shtatlar ro‘yxatiga: Alabama, Arkanzas, Florida, Jorjiya, Aydaho, Indiana, Ayova, Luiziana, Nebraska, Nevada, Nyu-Meksiko, Ogayo, Janubiy Karolina, Janubiy Dakota, Tennessi, Texas, Yuta, Virjiniya va Vayoming kiradi.

Exit mobile version