Qashqadaryo gazetasi Olam Mobil telefon orqali suhbatlashishda turklar yetakchi
Olam

Mobil telefon orqali suhbatlashishda turklar yetakchi

Turkiyada mobil qo‘ng‘iroqlar davomiyligi oyiga o‘rtacha 493 daqiqani tashkil etib, bu borada Yevropada birinchi o‘rinni egallaydi. Bu haqda Dünya manbasi mamlakat Transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralo‘g‘li bergan ma’lumotlarga tayanib ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, respublika elektron aloqa sohasida umumiy hisobda 751 ta ruxsatnoma berilgan bo‘lib, 405 ta operator faoliyat ko‘rsatayapti. Joriy yilning ikkinchi choragida 81,8 milliard daqiqa mobil qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilgan.

«Bu Turkiya oyiga o‘rtacha 493 daqiqa foydalanish davomiyligi bilan mobil telefonlar orqali suhbatlashish bo‘yicha Yevropada yetakchi ekanini tasdiqlaydi», degan vazir.

Exit mobile version