Xabaringiz bor, Prezident joriy yil 13–avgustda «Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, bir guruh yurtdoshlarimiz Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, mamlakatimiz taraqqiyoti va eksport salohiyatini yuksaltirish, milliy iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha salmoqli natijalarga erishib kelayotgani, o‘zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini namoyon etib, investitsiyalarni jalb qilish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish orqali aholi farovonligini oshirish yo‘lida alohida jonbozlik ko‘rsatayotgani, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun yuksak davlat mukofotlari bilan mukofotlandi.
Ular orasida Qashqadaryodan quyidagilar bor.
«Do‘stlik» ordeni bilan
Turumov Xolmirza Almaxmatovich – Yakkabog‘ tumanidagi «Oqtosh kelajagi» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
«Jasorat» medali bilan
Qurbonov Asror Shomurotovich – Nishon tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Bahodirov Shohrux Baxtiyorovich – Shahrisabz shahridagi «Lazzat pishloq» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi
«Shuhrat» medali bilan
Choriyeva Gulnora Djurakulovna – Shahrisabz shahridagi «Tikuvchi Anoragul» xususiy korxonasi rahbari
* * *
Shuningdek, davlat rahbarining «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi farmoyishi ham e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, milliy iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasida ilg‘or tajriba va an’analar maktabini yaratish borasida alohida ibrat va namuna ko‘rsatib kelayotgani, o‘zining izlanuvchanligi, kreativ g‘oya va tashabbuslari bilan samarali faoliyat olib borib, mamlakatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgani, biznesda erishayotgan salmoqli natijalari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun taqdirlanganlar ro‘yxatida Qashqadaryodan quyidagilarning nomlari qayd etilgan:
Kudratov Iskandar Nigmatovich – Qarshi shahridagi «Asl yuksalish savdo» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi
Qobulov Yaxshimurod Xurozovich – Ko‘kdala tumanidagi «Qobulov Xo‘roz Xolboyevich» polizchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i
Murtazayev Xurshid Rustamovich – Shahrisabz tumanidagi «Shahrisabz bunyodkori» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
Raxmonova Dilfuza Tojiddinovna – Qarshi shahridagi Axborot texnologiyalari va menejment universiteti ta’sischisi
Sayliyev Jamol Kamolovich – Qarshi tumanidagi «Radiant silk» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori
Umirov Sarvar Numonovich – Shahrisabz tumanidagi «Hisor maxsus qurilish invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi
Xaydarov Otabek Rustamovich – Chiroqchi tumanidagi «Komfort star new» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
Choriyev Obidjon Barakovich – Ko‘kdala tumanidagi «Bobur» yilqichilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i
Mukofotlar muborak bo‘lsin!