Qashqadaryo gazetasi Olam Namoz o‘qigan muhojir deportatsiya qilinadi
Olam

Namoz o‘qigan muhojir deportatsiya qilinadi

Rossiyaga ishlash uchun kelgan xorijlik mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Bu haqda Ura.ru manbasi sud hujjatlariga tayanib ma’lum qilgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, muhojir Xanti-Mansi avtonom okrugida smenada ishlagan. U ish beruvchi hududida joylashgan yotoqxonada namoz o‘qigan. Shuningdek, xonasi eshigiga namoz vaqtlari jadvali va arab tilidagi matnni ilib qo‘ygan.

«Sud uning harakatlarini missionerlik  faoliyati sifatida tasniflab, qonun talablarini buzish deb baholadi», deyiladi xabarda.

Muhojir 30 ming rubl (4 million 770 ming so‘m atrofida) jarimaga tortilgan. Bundan  tashqari u mamlakatdan majburan chiqarib yuboriladi. Sud qarori allaqachon kuchga kirgan.

Exit mobile version