Qashqadaryo gazetasi Olam “Narxlar urushi”dan kim manfaat ko‘radi?
Olam

“Narxlar urushi”dan kim manfaat ko‘radi?

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) shtab-kvartirasi Quvaytda joylashgan neft eksport qiluvchi arab davlatlari tashkiloti (OAPEC)dan chiqdi. Bu arab ishlab chiqaruvchilari uyushmasining bayonotidan ayon bo‘lgan.

«OAPEC bosh kotibiyati BAA energetika vaziri Suxayl al-Mazruiy tomonidan a’zo davlatlar vazirlar kengashining joriy sessiyasi raisiga yo‘llangan mamlakat 2026- yil 1-maydan tashkilot a’zoligidan chiqishga qaror qilgani haqidagi xatdan xabardor etildi», deyiladi unda.  

Neft eksport qiluvchi arab davlatlari tashkiloti 1968-yilda tuzilgan. Birlashgan Arab Amirliklarining unga a’zoligi 58 yil davom etdi.

Avvalroq BAA 1-maydan neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEC) va OPEC+dan ham chiqishini e’lon qilgandi. Mamlakat rahbariyati «mas’uliyat bilan harakat qilish» hamda ishlab chiqarish hajmini «bosqichma-bosqich va o‘lchovli» oshirishga va’da bergan.

Ekspertlar fikricha, rasmiy Abu-Dabi OPEC va OAPEC doirasida belgilangan ishlab chiqarish kvotasi (meyori)ga amal qilishdan bosh tortishga hamda bozorni arzon xomashyo bilan to‘ldirish orqali «narxlar urushi»ga kirishishga jazm etdi. BAAning neft eksport qiluvchi arab davlatlari tashkiloti a’zoligidan chiqishi Yaqin Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi tarqoqlikni kuchaytirishi va mintaqadagi barqarorlikka putur yetkazishi mumkin.

Exit mobile version