Qashqadaryo gazetasi Jamiyat “Nasaf” futbol klubi dastlab “Geolog” deb nomlanganmi?
Jamiyat

“Nasaf” futbol klubi dastlab “Geolog” deb nomlanganmi?

Nafaqat yurtimizda, balki Osiyo mintaqasida o‘z o‘rniga ega «Nasaf» futbol klubi tashkil etilganiga kelasi yil 40 yil to‘ladi. Klub dastlab tashkil etilgan vaqtda «Geolog» deb nomlanib, turli yillarda «Paxtachi», «Dinamo Nasaf» kabi nomlar bilan ham yuritilgan. 1996 yildan hozirgi vaqtgacha «Nasaf» nomi bilan atab kelinmoqda.

Qashqadaryoga oid

Klub 1997-yildan O‘zbekiston oliy ligasida ishtirok etadi. Qarshilik futbolchilar 2011-yili ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko qo‘l ostida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi kubogini qo‘lga kiritishgan. O‘zbekiston Super ligasi va O‘zbekiston kubogining ko‘p karra g‘olibi.

Jamoa tarkibida eng ko‘p maydonga chiqqan o‘yinchi – Ro‘ziqul Berdiyev (314 marotaba). Jamoaning eng yaxshi to‘purari – Zafar Xolmurodov (181 ta gol). Bir mavsumda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi – Zafar Xolmurodov (30 ta, 2000-yil).

Eng yirik g‘alabasi – 7:0 («Metallurg Bekobod», 2004-yil), 8:1 («Andijon», 2004- yil). Eng yirik mag‘lubiyati – 0:6 («Andijon», 1998-yil).

«Markaziy» o‘yingohi 2006-yilda Qarshi shahri mezbonlik qilgan «Umid nihollari» musobaqasi uchun qurilib, foydalanishga topshirilgan. 2008-yilda «Nasaf» futbol klubi uy uchrashuvlarini aynan shu o‘yingohda qabul qilishni boshlagan.

Exit mobile version