Qashqadaryo gazetasi Olam Nechta mamlakatga vizasiz safar qilish imkoniyatiga egasiz?
Olam

Nechta mamlakatga vizasiz safar qilish imkoniyatiga egasiz?

2025–yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, Singapur pasporti dunyodagi eng kuchli deb topildi. Bu The Henley Passport Index saytida e’lon qilingan reyting shundan dalolat bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu mamlakat fuqarolari 193 ta davlatga vizasiz safar qilish imkoniyatiga ega. Fuqarolari 190 ta davlatga vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan  Yaponiya va Janubiy Koreya reytingda ikkinchi pog‘onaga qo‘yilgan. Uchinchi o‘rinni Daniya, Fransiya, Irlandiya, Finlyandiya, Germaniya, Ispaniya va Italiya egallagan. Sayt ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davlatlar pasportiga ega odamlar 189 ta xorijiy mamlakatga vizasiz borishi mumkin.

Reytingda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘iston 63-,  Qirg‘iz Respublikasi 73-, O‘zbekiston 74-, Tojikiston 80- va Turkmaniston 85-o‘rinlarni band qilgan. Ya’ni qozog‘istonliklar 79, qirg‘izistonliklar 63, o‘zbekistonliklar 62, tojikistonliklar 56 va turkmanistonliklar 49 mamlakatga vizasiz tartibda safar qilish imkoniyatiga ega ekanligi ko‘rsatilgan.

Exit mobile version