Qashqadaryo gazetasi Olam Nega ular xorijdagi tog‘-kon loyihalariga ko‘z tikmoqda?
Olam

Nega ular xorijdagi tog‘-kon loyihalariga ko‘z tikmoqda?

Xitoy chet el tog‘-kon loyihalariga investitsiyalarni kengaytirib, 2013-yildan buyongi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi, deya xabar tarqatgan Financial Times manbasi S&P va Mergermarket ma’lumotlariga tayanib.

«Osmonosti mamlakati kompaniyalari ularda qisqa muddatli imkoniyatlar oynasi mavjudligini ko‘zda tutib, ancha faollashdi. Ular geosiyosiy vaziyat murakkablashgunga qadar bitimlarni yakunlashga intilmoqda», deb tushuntiradi manba.

O‘tgan yili bitimlar summasi 100 million dollarga oshgan. Ushbu tendensiya saqlanib turibdi: Zijin Mining kompaniyasi Qozog‘istondagi oltin konini 1,2 milliard dollarga xarid qilishni rejalashtirgan, Baiyin Nonferrous Group Braziliyaning mis va oltin qazib olish bilan shug‘ullanuvchi Mineracao Vale Verde kompaniyasini 420 million dollarga sotib olgan. Mutaxassislar bu faollikni Xitoyning resurslarga bo‘lgan ehtiyoji va savdo mojarolari sabab xomashyoga erishish yo‘li boy berilishi xavfi bilan bog‘lashgan.

Exit mobile version