Qashqadaryo gazetasi Без рубрики Nemis migratsiya siyosati sabab boshpana so‘rovchilar kamaydi
Без рубрики

Nemis migratsiya siyosati sabab boshpana so‘rovchilar kamaydi

Chegara nazorati joriy etilishi, oilani birlashtirish dasturi to‘xtatib turilishi, fuqarolik olishning tezlashtirilgan imkoniyatlari bekor qilinishi, shuningdek, deportatsiyalar soni ko‘payishi ortidan o‘tgan yili Germaniyada boshpana berishni so‘rab berilgan birlamchi arizalar soni yarmidan ko‘proqqa qisqardi. Bu haqda federal ichki ishlar vazirligi ma’lum qilgan.

Idora rasmiylarining qayd etishicha, 2025-yilda GFR hududida qochqin maqomini olishni so‘rab, 113 ming 236 ta birlamchi ariza topshirilgan. Taqqoslash uchun: 2024-yilda vazirlik 229 ming 751 ta, 2023 yilda esa 329 ming 120 ta ariza qabul qilgan. Demak, o‘tgan yilda bunday arizalar soni 51 foizga, ikki yil ichida esa 66 foizga kamaygan.

Ichki ishlar vaziri Aleksander Dobrindt bu o‘zgarishlarni kantsler Fridrix Merts rahbarligidagi federal hukumat olib borayotgan nemis migratsiya siyosatidagi islohotlar bilan bog‘laydi.

«Biz migratsiya jarayonlarida tartibni aniq va izchil o‘rnatyapmiz. Boshpana olish huquqi bo‘lmaganlar kelmasligi kerak. Jinoyatchiga aylanganlar esa ketishi shart», degan u.

Joriy yilda Germaniya hukumati avval xavfsiz emas deb hisoblangan Suriya va Afg‘onistonga deportatsiyalarni davom ettirishni rejalashtirayotgani aytiladi.

Exit mobile version