Qashqadaryo gazetasi Olam Onlayn yangiliklarni nazorat qilish bo‘yicha maxsus kampaniya
Olam

Onlayn yangiliklarni nazorat qilish bo‘yicha maxsus kampaniya

Xitoy poytaxti Pekin shahrida yetakchi ommaviy axborot vositalarining ta’sirini kuchaytirish, sog‘lom internet muhitini yaratish va bu boradagi qonunbuzarliklarning oldini olish maqsadida onlayn yangiliklarni nazorat qilish bo‘yicha bir oylik maxsus kampaniya davom etmoqda, deya xabar beradi Xitoy markaziy televideniyesi.

Uning doirasida litsenziyasiz intervьyular uyushtirish, yangiliklarni to‘plash, tahrirlash va nashr etish, ma’lumotlarni buzib yoki kontekstdan chiqarib ko‘rsatish qat’iy nazoratga olingan. Shu bilan birga, jamoatchilikni chalg‘ituvchi akkauntlar, fotosuratlar va nomlardan foydalanish ham kuzatilmoqda.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar internetdagi salbiy kayfiyat, vahima tarqalishi, fitna nazariyalari va soxta rasmiy bayonotlar tarqalishining oldini olishga qaratilgan. Kampaniya «Toza poytaxt – toza manbalar, haqiqiy ovoz» shiori ostida o‘tkazilmoqda va barcha noqonuniy faoliyatlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha choralarni o‘z ichiga oladi.

Exit mobile version