Qashqadaryo gazetasi Olam Ortiqcha vaznga ega politsiyachilar ishdan haydaldi
Olam

Ortiqcha vaznga ega politsiyachilar ishdan haydaldi

Tojikiston ichki ishlar vazirligi 17 nafar xodimini ortiqcha vazn sababli ishdan bo‘shatdi. Bu haqda «Novosti» manbasiga idoraning kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Xusayn Xalilzoda ma’lum qilgan.

Ishdan bo‘shatish chorasi vazir tomonidan hali 2020 yilda chiqarilgan buyruqqa asosan qo‘llanilgan. Unga ko‘ra, ortiqcha vaznga ega xodimlar uch oy davomida o‘z vaznini belgilangan meyoriy holatga keltirishlari shart edi. Ishga qaytishni xohlaganlar har kuni yugurib, maxsus ishlab chiqilgan jismoniy mashqlar dasturi asosida sport bilan shug‘ullanishgan.

«O‘tgan vaqt ichida IIV tizimidagi 20 ming nafar xodim bilan ortiqcha vazn mavjudligi bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi. Ularning ko‘pchiligi normal vaznga ega bo‘ldi, ammo ozishga muvaffaq bo‘lmagan 30 nafar xodim ishdan bo‘shatildi. Biroq ulardan uch oy ichida o‘z vaznini bo‘yi o‘lchamiga muvofiqlashtirishni uddalay olgan 13 nafari yana ishga qaytdi», deya aniqlik kiritgan Xusayn Xalilzoda.

Exit mobile version