Qashqadaryo gazetasi Olam “Orzular mamlakati” semizlarni xushlamaydi
Olam

“Orzular mamlakati” semizlarni xushlamaydi

Oq uy matbuot kotibining o‘rinbosari Anna Kelli sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammosi bor sayyohlarga AQShga kirish vizasi berish bo‘yicha cheklovlar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Bu haqda Politico nashri xabar bergan.

Unga ko‘ra, haddan ortiq ortiqcha vaznga ega, qandli diabet va boshqa surunkali kasalliklari bor odamlar uchun viza berish cheklanadi.

 «100 yildirki, Davlat departamenti siyosati soliq to‘lovchilar uchun moliyaviy yuk bo‘lishi mumkin vizaga ariza beruvchilar murojaatchilarini rad etish vakolatini o‘z ichiga olgan», degan Anna Kelli.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSH prezidenti administratsiyasi amerikaliklarni «birinchi o‘ringa» qo‘yadi. Yangi ko‘rsatmalar keyinchalik davlat tibbiy yordamiga muhtoj bo‘lishi mumkin odamlarni mamlakatga kiritmaslik imkonini beradi.

Exit mobile version